Xorazm viloyati, Shovot tumani Royat mahallasi

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 7-11-2023, 15:42

XORAZMDA O‘QITUVCHILAR QURULTOYI BO‘LIB O‘TDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvlar va uchrashuvlar tashkil etilishi reja qilingan.

Bugun viloyatdagi shahar va tumanlaridan tanlab olingan umumta’lim maktablarida “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi. 

Mazkur quriltoyda boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot fanlaridan pedagoglarga trenerlar tomonidan seminar-trening va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Yangibozor tumanidagi 6-sonli maktabda tashkil qilingan tadbirda Singapur milliy universiteti professori, viloyat hokimining ta'lim masalalari bo'yicha maslahatchisi Benson Lek Hong Khim ishtirok qilib, o‘qituvchilarga master klass o‘tkazdi.

Seminar-trening davomida pedagoglar o‘quvchilarni fanlarga qiziqtirish yo‘llari, loyihaga asoslangan ta’limning mohiyati, o‘qish savodxonligi va fanlar doirasida 4K modelini qo‘llash, XXI asrda sifatli o‘qitishning asosiy tamoyillari yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida bo‘lib o‘tgan madaniy tadbir pedagoglarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Royat mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot21-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili