Xorazm viloyati, Shovot tumani Royat mahallasi

blog

    Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan. 

20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etmoqda.    Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

▶️  Raximov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

▶️  Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

▶️  Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;

▶️  Vaysboyev Rahimboy - Xorazm  viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;

▶️  Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

   Bundan oldingi Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 4 ta  bronza medalini qo’lga kiritgan. Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Royat mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot21-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili